35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada amalga oshirilgan investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati A.Mamatqulov tomonidan deputat saylangan “Muqimiy” mahallasida amalga oshirilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Qo‘qon shahar hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Mingboyev hamda mahalla hokim yordamchisi D.Rahimov ishtirok etdi.

Tashrif davomida tadbirkor Ya.Akramov tomonidan amalga oshirilgan, qiymati 280 mln so‘m bo‘lgan loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Loyiha doirasida aholiga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan savdo do‘koni ishga tushirilgan.

Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida 2 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa mahalla hududida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

O‘rganish davomida loyiha faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari va tadbirkorlik subyektining faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4