35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqaroning mulkiy huquq masalasidagi murojaati ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Madad” NNT vakili M.Toshboltayeva bilan hamkorlikda shahar Kengashiga mulkiy huquq masalasida yozma murojaat qilgan fuqaro B.Zokirovning arizasi ko‘rib chiqildi.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masala mazmuni atroflicha o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

️Shuningdek, fuqaroning mulkiy huquqlarini ta’minlash hamda murojaatni amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur huquqiy jihatlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha murojaat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rish va fuqaroga amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4