35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, xonadonbay o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, xozirgi kunda mahalladagi kambag‘al oilalarga sentabr oyining o‘zida jami 50 million so‘m mablag‘lar foizsiz shaklda chorvachilik va qandolatchilik yo‘nalishlarida kreditlar ajratilganligi takitlab o‘tildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hokim yordamchisiga aniqlangan masalalarni manzilli hal etish, aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 2