35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
NAVBATDAGI KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILD
янв.21
AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKKA KO‘MAKLASHISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Ijro intizomi bo‘yicha sessiya qarorlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA JOYIGA CHIQIB URGANILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LLARNING HOLATI YUZASIDAN HISOBOT ESHITILADI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🤝 FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va viloyati Kengashi kotibiyati xodimi Sh.Tursunqulov Oqoltin tumani Ahillik MFY, Bobur qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.Yuldashevaning murojaatini “mahalla yettiligi” bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida fuqaro joriy yilning iyun oyida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat bankidan kredit olgani sababli Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, kredit mablag‘lari belgilangan maqsadlar uchun sarflangan bo‘lsa-da, fuqaro hozircha ushbu faoliyatdan yetarli darajada moddiy daromad olishga erishmagan.
Shuningdek, fuqaro og‘ir turdagi kasallik sababli doimiy tibbiy yordamga muhtojligi, turmush o‘rtog‘i J.Yu. ham kasalligi tufayli mehnatga layoqatsizligi, voyaga yetmagan farzandi esa yaqinda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani aniqlandi.

Slide 1 of 4