35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat dasturlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK KUCHAYTIRILDI
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET” TAKLIFLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOGʻOT TUMANI BUDJETIGA QOʻSHIMCHA MABLAGʻLAR YOʻNALTIRILISHI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
янв.21
“INFRASTRUKTURA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Ichki yoʻllarni ta’mirlash masalalari koʻrib chiqildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING 42-SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi.
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi huzuridagi Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida tashabbusli budjet jarayonining navbatdagi bosqichiga oid masalalar muhokama qilindi.

Xususan, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan hamda 50 tadan ortiq ovoz to‘plagan 30 ta loyihani Oliy Majlis deputati tashabbusi asosida tanlab olish va ularni g‘olib deb topish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi, ularning aholi uchun ijtimoiy ahamiyati hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgani yuzasidan fikr almashildi.

Tashabbusli budjet jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash, aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4