35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat dasturlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK KUCHAYTIRILDI
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET” TAKLIFLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
янв.21
BOGʻOT TUMANI BUDJETIGA QOʻSHIMCHA MABLAGʻLAR YOʻNALTIRILISHI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“INFRASTRUKTURA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Ichki yoʻllarni ta’mirlash masalalari koʻrib chiqildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING 42-SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi.
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov Qo‘qon shahrida xorijiy tillar, matematika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab o‘z bag‘riga o‘quvchilarni qabul qilgan mazkur ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishildi. 

Mustaqillik darsi jarayonida M.Usmonov o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Suhbat davomida ta’lim va tarbiya, maktab odobi, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz va yoshlarning kelajakdagi maqsadlari haqida fikrlar bildirildi.

Yangi maktabda ta’lim jarayoni akademik bilim, tarbiya, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish hamda shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarini qamrab olgan “Yuksalish” maktabi tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Bugundan boshlab 220 nafar o‘quvchi ushbu yangi ta’lim dargohida bilim olishni boshladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2