35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat dasturlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK KUCHAYTIRILDI
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET” TAKLIFLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOGʻOT TUMANI BUDJETIGA QOʻSHIMCHA MABLAGʻLAR YOʻNALTIRILISHI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
янв.21
“INFRASTRUKTURA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Ichki yoʻllarni ta’mirlash masalalari koʻrib chiqildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING 42-SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi.
**Kelajak soati darslari — yoshlar tarbiyasida muhim siyosiy-ma’rifiy qadam**

🇺🇿 “Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Kelajak soati darslari — yoshlar tarbiyasida muhim siyosiy-ma’rifiy qadam

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari I. Abdullayeva — 11-son, M. Tillaeva — 21-son, N. Ibragimova — 9-son, D. Sattorova — 55-son hamda Z. Rahimova — 26-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdilar.

Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yo‘llangan bayram tabrigi o‘quvchilarga o‘qib eshittirildi hamda “Kelajak soati” darslarining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.

Jumladan, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani MMTB tasarrufidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1–11-sinf o‘quvchilari uchun “Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.

Darslar jarayonida o‘quvchilarga Vatanga muhabbat va sadoqat, ilm-ma’rifatga intilish, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini qadrlash, Vatan taqdiri va kelajagi yoshlar bilan chambarchas bog‘liq ekani, shuningdek, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish kabi muhim tushunchalar singdirildi.

Deputatlar tomonidan darslarning mazmun-mohiyati, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan ishlar holati kuzatildi.

Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik, daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, ularni Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining faol ishtirokchilariga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 1