Aholi murojaatlarini o‘rganish, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish va hudud infratuzilmasini yaxshilash xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.
🔹Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 8-Oxshix saylov okrugidan saylangan deputat X. Xodjayyev tomonidan Oxshix qishlog‘idagi tabiiy gaz quvurlarining texnik holati o‘rganilib, mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
🔹Jumladan, deputat tashabbusi bilan «Jondortumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i G‘. Nosirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborilib, Oxshix qishlog‘idagi tabiiy gaz quvurini kapital ta’mirlash masalasi ko‘tarildi.
🔹Deputatlik so‘rovi natijasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan zarur ishlar amalga oshirilib, qishloq hududidagi tabiiy gaz quvurlari kapital ta’mirlandi hamda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilindi.
🔹Mazkur amaliy ish aholi uchun qulay va barqaror gaz ta’minotini ta’minlash, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda saylovchilar murojaatlarini manzilli hal etishda deputatlik nazoratining ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.
🔹Xalq vakili sifatida deputat X. Xodjayyevning bunday amaliy tashabbuslari saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish va hududda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.