Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarning muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 13-“Mirzo Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputati Kenjayev Farxod Bobomurodovich tomonidan hududda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida tadbirkorlarning faoliyatini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
📌 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tartibda amaliy choralar belgilandi.