O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni, (O‘RQ-327-son) talablari asosida ishlarni tashkil etish, aholiga mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida tushuntirish berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday o‘rganishlar mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.