Ijtimoiy xodim faoliyati holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda o‘zi saylangan “Nurli kelajak” MFY 20-Seytmuratov saylov okrugi hududida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
🏠 Navbatdagi manzil — fuqaro A.Ye. xonadoni Tashrifning asosiy maqsadi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining amaldagi ijrosini ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ldi. Jarayonda:
· Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holati;
· Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Aholi bilan muloqot va xulosa Uchrashuvlar davomida ajratilayotgan nafaqalar o‘z vaqtida to‘lab berilayotgani alohida qayd etildi. Muloqot yakunida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish hamda ehtiyojmand oilalarni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.