35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat dasturlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK KUCHAYTIRILDI
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET” TAKLIFLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOGʻOT TUMANI BUDJETIGA QOʻSHIMCHA MABLAGʻLAR YOʻNALTIRILISHI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
янв.21
“INFRASTRUKTURA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Ichki yoʻllarni ta’mirlash masalalari koʻrib chiqildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING 42-SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi.
Deputat faoliyatiga baho berildi

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova tomonidan Kengashning 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulovning bugungi kundagi deputatlik faoliyati tahliliy-tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida deputatning saylov okrugida amalga oshirayotgan ishlari, fuqarolar bilan uchrashuvlari, aholi murojaatlarini o‘rganishi, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlik vakolatlaridan samarali foydalanish, saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning manfaatlarini Kengash yig‘ilishlari va tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida izchil ilgari surish masalalari yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Tahlil yakunida 19-“Ma’rifat” saylov okrugida deputatlik faoliyatini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududdagi muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.