📌 TOSHKО‘PRIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 14-“Amir Temur” saylov okrugidan saylangan deputati Mirzayev Shavkat Kenjayevich hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi S. Safarova tomonidan Toshko‘prik mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, muammolarini aniqlash hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar muammolarini hal etish va ular bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.