35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov, deputatlar, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, Ekopolitsiya tuman bo‘limi hamda mahalla raislari ishtirokida tumandagi mahallalarda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari holati o‘rganilmoqda.

🔎 O‘rganish jarayonida aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari belgilangan savolnoma asosida o‘rganilmoqda.

📌 Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga:
— chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish;
— hududlarning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash;
— chiqindi yig‘ish shoxobchalarining sanitariya holatini ta’minlash;
— aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

✅ O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 3