Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 3-avgustdagi VII-20-59-1-29-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
Mazkur qarorning 7-bandida Xalq qabulxonasi tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish belgilangan.
Shu munosabat bilan, Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i A. Azizovga qarorning 7-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birgalikda 2026-yil 28-avgustga qadar Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatiga yozma ravishda taqdim etish so‘raldi.
Qarorlar ijrosi — doimiy nazoratda!