Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan mahallabay yurish va ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Mirpo‘stin” MFYda hududdagi mavjud masalalar o‘rganildi.
O‘rganish ko‘chalar birma-bir ko‘zdan kechirilib, mavjud holat joyida ko'rilmoqda.
Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.