Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Hojiakbar Holmatov tomonidan o‘ziga biriktirilgan qonunlar ijrosi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Andijon shahar Ekologiya bo‘limining mas’ul mutaxassisi bilan birgalikda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-sonli Qonun ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, Andijon shahrida chiqindilarni mahalla va ko‘chalardan belgilangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.