35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Ergashev Murodjon Sobirovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 2026-yil 17-avgust kuni 64-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Bag‘dod tumani “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig‘ini “Moxitabon” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammosi ko‘tarilgan.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish davomida mazkur ko‘chada 1977-yilda qazilgan ichimlik suvi qudug‘iga o‘rnatilgan suv minorasining texnik holati qoniqarsiz va ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.

Suv inshootining texnik holati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli undan amalda foydalanilmayotgani, natijada hududdagi aholi ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmayotgani hamda fuqarolarga qator noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shu munosabat bilan deputat so‘rovida “Zafarobod” MFY “Moxitabon” ko‘chasidagi mavjud suv qudug‘i va suv minorasining texnik holatini o‘rganish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yoki undan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda yangi suv minorasi o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 1