#kotibiyat_xodimi_faoliyati
“Xalqobod” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatning saylov okrugi hududidagi “Xalqobod” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi.
Jarayonda mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni ta’minlash, hududdagi kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, terrorizm, ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot va profilaktik tadbirlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori hamda Kengash o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram