#deputat_faoliyati
#deputat_okrugida
#murojaatlar_daftari
“Yangi turmush” mahallasidagi muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimov o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi “Yangi turmush” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan mahalla idorasini yangidan qurish zarurati mavjudligi bildirildi. Hozirgi mahalla idorasi binosining ancha eski va ta’mirtalab holatda ekani qayd etilib, yangi mahalla idorasi qurilishi uchun mahalla hududidagi mavjud bo‘sh yer maydoni ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan muammoni hal etish maqsadida deputat murojaatlar daftariga qayd etib, mas’ul tashkilotlarga deputat nomidan deputatlik so‘rovi yuborish hamda masalani deputatlik nazorati doirasida nazoratga olish belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram