35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

➡️Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi bosh mutaxassisi N. Nazarova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida mahalladagi kreditlarning holati, kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi hamda muammoli kreditlarni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Tahlil natijalariga ko‘ra, mahallada jami 45,8 mln so‘m miqdorida kredit qoldig‘i mavjud bo‘lib, shundan 2,2 mln so‘m muammoli qarzdorlikni tashkil etadi. Mazkur qarzdorlikning 1,0 mln so‘mi asosiy qarz, 1,2 mln so‘mi foiz hisoblanadi. Kredit 30+ NPL toifasiga kiritilgan.

📌Muammoli kreditlarni qisqartirish, qarzdorlikni o‘z vaqtida undirish hamda kredit oluvchilar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.