Axborotda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlar, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, joylarda o‘rganish, muammolarni hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Sessiya davomida deputatlar tomonidan murojaatlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan savol hamda takliflar bildirilib, masala atroflicha muhokama qilinmoqda.