35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar tomonidan tibbiyot sohasiga oid muhim savollar o‘rtaga tashlandi

Jumladan, tibbiyot muassasalaridagi kadrlar tanqisligi, go‘daklar o‘limi holatlari, dori-darmon ta’minoti, surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar bilan ishlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish samaradorligi, bolalar onkologiyasi, yuqori texnologik operatsiyalar uchun ajratilayotgan vaucherlar hamda nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Mazkur savollar yuzasidan Termiz shahar Tibbiyot birlashmasi rahbariga tegishli tushuntirish va ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha murojaat qilinib, masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2