35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputati Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan o‘zi saylangan “O‘choq” mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarning holati deputatlik nazorati tartibida ko‘zdan kechirildi.O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalarining saqlanish holati va texnik ahvoli,uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirilishi, tungi yoritish tizimining ishlash darajasi hamda mavjud infratuzilma atroflicha baholandi.Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Xususan, aholi tomonidan hududda toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi bildirildi.Deputat tomonidan mazkur murojaat yuzasidan masala
bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilishi hamda uni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilish orqali muammoning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.O‘rganish yakunida fuqarolarga ko‘p qavatli uy-joylar va umumiy foydalanishdagi hududlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish hamda yashash muhitini yanada obod va xavfsiz qilishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani yuzasidan tushuntirishlar berildi.
  

Slide 1 of 8