35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ XIZMATI XODIMLARI KUNI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ XIZMATI XODIMLARI KUNI

Hurmatli soliq xizmati sohasi xodimlari va faxriylari!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, davlat budjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, soliq to‘lovchilar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi mas’uliyatli mehnatingiz alohida e’tirofga loyiq.

Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbingizga sadoqatingiz mamlakatimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 1