35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 Yoshlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o‘tkazildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati To‘xtashov Abror Safarali o‘g‘li Oyinli mahallasi yoshlar yetakchisining haftalik ish rejasiga asosan, mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazdi.

👥 Tadbir davomida jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari, qiziqishlari va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.
⚖️ Suhbatlar jarayonida yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputat, yoshlar yetakchisi va mahalla profilaktika inspektorining hamkorlikdagi ishlari yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va salbiy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌱 Yoshlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan bunday amaliy ishlar ularning huquqiy savodxonligini oshirish, to‘g‘ri yo‘l tanlashiga ko‘maklashish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5