35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
30-KOMOLON SAYLOV OKRUGIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ 30-KOMOLON SAYLOV OKRUGIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Egamberdiyeva o‘zining 30-Komolon saylov okrugidagi deputatlik faoliyati doirasida hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda manzilli hal etishga qaratilgan ishlarni olib bormoqda.

🔺 Shu maqsadda deputat tashabbusi bilan mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Unda hududda “Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish, ma’lumotlarni to‘liq va xolis yuritish, har bir xotin-qizning ijtimoiy holati va ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Muloqot davomida deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ayniqsa, mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Deputat Nodira Egamberdiyeva “Xotin-qizlar balansi” shunchaki statistik ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib qolmasdan, hududdagi har bir ayolning real holatini o‘rganish, uning muammosi va ehtiyojini aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.

🤝 Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilib, aniqlangan masalalarni manzilli hal etish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🗣 30-Komolon saylov okrugida xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarni muntazam o‘rganish, mavjud muammolarni deputatlik nazoratiga olish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

📉 Har bir xotin-qizning muammosiga e’tibor qaratish, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5