35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA

BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva tomonidan Qichqiriq mahallasida joylashgan 441-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔎 O‘rganish davomida muassasa hududida olib borilayotgan ta’mirlash, qurilish va obodonlashtirish ishlari, bino va xonalarning holati, bolalar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida zarur shart-sharoitlarni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👧🏻👦🏻 Bolalar xavfsizligi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududlarda bolalar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini bartaraf etish, hududni tartibga keltirish va tarbiyalanuvchilar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

🛠 Ayni paytda bino fasadini ta’mirlash, eshik va derazalarni yangilash, hududni obodonlashtirish hamda zarur qurilish ishlarini amalga oshirish jarayonlari olib borilmoqda.

⚖️ Mazkur o‘rganishlar ta’lim oluvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoit yaratish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik talablari asosida olib borildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga oid qonunchilik talablari e’tiborga olindi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 2020-yil 23-sentabrda O‘RQ-637-son bilan qabul qilingan.

📌 Deputat U.B. Fayziyeva tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan tegishli ishlar muhokama qilinib, ta’mirlash jarayonlarini sifatli tashkil etish, hududda xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Bolalar xavfsizligi va farovonligi — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 7