35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
#o'rganish


Munosabat: Nurafshon shahrida chiqindilar bilan bog‘liq muammo deputat nazoratiga olindi

Nurafshon shahar "Bobur" MFYgi chiqindi yig‘ish maydonchasida chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilmaslik holati jiddiy o‘rganildi.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibyat xodimlari tomonidan hududdagi obodonlashtirish ishlarining borishi va tozalik holatini ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu manzilda bo‘ldi.

Muammo: Hududda chiqindilar belgilangan grafik asosida olib chiqib ketilmaganligi sababli, chiqindi qutilari atrofida noqonuniy to‘planishlar va noxush holat yuzaga kelgan.
Ko‘rilgan chora: Mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi "Angren Bunyod Fayz" MCHJ mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.
⚠️ Muddat belgilandi: Hududni tozalash va kelgusida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga qisqa muddat berildi. Kamchiliklarning bartaraf etilishi deputat nazoratida qoladi.
Tozalik va obodonchilik — avvalo o‘zimiz yashab turgan mahalla va uydan boshlanadi. Hududlardagi bu kabi muammolar e’tibordan chetda qolmaydi.

Slide 1 of 2