35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
#Deputat faoilayati

qonun ijrosi
#deputat nazorati

Aholi bandligi va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash – amalda!

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Qonuni (№OʻRQ-642-son) ijrosini ta'minlash hamda mahallalarda aholining oʻzini oʻzi band qilishini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar doimiy e'tiborda.
Xususan, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev tomonidan shahrimizdagi Birlik mahallasida faoliyati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

💼Mahalla hokim yordamchisining bevosita tashabbusi bilan fuqaroga uy sharoitida tikuvchilik faoliyatini kengaytirishi va kerakli zamonaviy texnik uskunalarni xarid qilishi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga koʻmaklashilmoqda.
🔰Qonunning tegishli moddalariga muvofiq, fuqaroning oʻz mehnati bilan daromad topishi va mustaqil bandligini ta'minlashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
❇️Mazkur masala qonun talablari asosida "Hunarmand" uyushmasiga a'zo boʻlish, imtiyozlardan unumli foydalanish va faoliyatni qonuniy tartibda yanada kengaytirish yoʻnalishida atroflicha koʻrib chiqildi.
⚖️ Qonun talabidan: "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash aholi bandligini ta'minlashning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2