35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. AHOLI BILAN MULOQOTDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Novdak” MFYning “Kamolot” ko‘chasida yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.Muloqot davomida mahallada yechimini kutayotgan masalalar, hudud obodonchiligi, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.Uchrashuvda “Mahalla yettiligi” a’zolari, jumladan, mahalladagi hokim yordamchisi J. Sultonov ham ishtirok etdi.Uchrashuv davomida ko‘cha boshilari tomonidan hududdagi mavjud muammolar yuzasidan jami 2 ta murojaat bildirildi.Xususan,“Kamolot” ko‘chasining 900 metr ichki yo‘l qismini asfaltlashtirish hamda ko‘cha hududiga 25 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan tinglanib,ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.Mazkur masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ko‘tarilgan masalalarni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama etish belgilandi.Uchrashuv yakunida ko‘cha boshilari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar belgilangan tartibda qayd etilib,ularning qonuniy yechimini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish hamda murojaatlar ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.  

Slide 1 of 4