35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Nevich” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan faoliyat o‘rganildi.O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.Suhbat davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli M.Qobulovaning ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda “Ayollar daftari”ga 66 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 45 nafariga tegishli yordamlar ko‘rsatilgan hamda bandligi ta’minlangan.Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib,oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek,“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, mahallada
xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 4