35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAGʻLARINING MAQSADLI SARFLANISHI OʻRGANILDI
янв.21
Aholi muammolarini mahalliy Kengashlar va “mahalla yettiligi” hamkorlikda o‘rganadi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR VA QURILISH SOHASI MUTAXASSISLARI HAMKORLIGI
янв.21
Bog‘ot tumanida tashabbusli budjet mablag‘lari bo‘yicha masala muhokama qilindi
янв.21
MAHALLIY BUDJET VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

❗️Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan o'ndan ortiq masalalar kiritilib, keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazildi.

Sessiyada viloyat Kengashi kotibiyati mudiri R.Raupov ham sessiyani tashkillashtirishda hamda sessiya ishida faol ishtirok etdi.

Kun tartibidan joy olgan masalalar:

1. Qashqadaryo viloyatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish holati toʻgʻrisida.

2. Qashqadaryo viloyatida uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar ijrosi toʻgʻrisida.

3. Viloyatda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

4. Qashqadaryo viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida.

5. Qashqadaryo viloyati hududida suv taʼminoti va sugʻorish tizimlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida.

6. Aholining sanitariya-gigiyena sohasidagi madaniyatini oshirish, ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyida joylashgan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.


7. Viloyatda yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrishga qaratilgan ishlar toʻgʻrisida.

8. Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosi toʻgʻrisida.

9. Qashqadaryo viloyatida dasturlar doirasida investitsiya loyihalarini va hududning eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

10. Qashqadaryo viloyatida barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

11. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 21-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-11-4-0-K/26-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

12. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida.

13. Nishon tumani “Paxtakor” mahallasi hududidagi yuridik shaxs (M.Saitov)ga tegishli mulk joylashgan yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida.

14. Nishon tumani “Yangi nurchi” mahallasidagi jismoniy shaxslarga tegishli turar-joy va bino inshootlari joylashgan yer uchastkalarini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni huquq egalari bilan ochiq muhokamasini oʻtkazish toʻgʻrisida.

15. Gʻuzor tumani  “Buyuk karvon yoʻli” mahallasi hududidagi (F.Norboyev tegishli) savdo doʻkoni joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyotlari uchun olib qoʻyish boʻyicha tashabbusning huquq egasi bilan ochiq muhokamasini oʻtkazish toʻgʻrisida.

Slide 1 of 8