35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAGʻLARINING MAQSADLI SARFLANISHI OʻRGANILDI
янв.21
Aholi muammolarini mahalliy Kengashlar va “mahalla yettiligi” hamkorlikda o‘rganadi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR VA QURILISH SOHASI MUTAXASSISLARI HAMKORLIGI
янв.21
Bog‘ot tumanida tashabbusli budjet mablag‘lari bo‘yicha masala muhokama qilindi
янв.21
MAHALLIY BUDJET VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Obod mahalla — farovon hayot garovi!
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Obod mahalla — farovon hayot garovi!


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “7-Tortuli” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri M.Ashurov tomonidan saylov okrugi hududidagi “Shabnam” mahallasida obodonlashtirish va hududni yanada ko‘rkamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish, mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash hamda hududlar qiyofasini yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga keltirish yuzasidan berilgan topshiriqlarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, “Shabnam” mahallasida aholi xonadonlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash, xonadon devorlarini bir xil rangda bo‘yash, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, hududlarni toza va obod saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla hududidagi xonadonlar va umumiy foydalanishdagi joylarning sanitariya-obodonlashtirish holati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalar va xonadonlar atrofini yanada tartibli saqlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bunday sa’y-harakatlar, avvalo, mahallalarda aholi uchun qulay, ozoda va fayzli muhit yaratish, hududlarning obodligini ta’minlash hamda fuqarolarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3