35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputat Ishchanov Alibek Raximberganovich hamkorligida Shovot tumani Maxtumquli mahallasida, O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikasi davlat chegarasida joylashgan O‘zbek-Turkman chegara savdo markazi faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
🔎 Monitoring davomida savdo markazining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qismida yaratilgan shart-sharoitlar, savdo do‘konlarining faoliyati, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, savdo markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalar va takliflari tinglandi. Aholi va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, savdo xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 O‘zbek-Turkman chegara savdo markazi ikki qo‘shni va qardosh xalq o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday maskanlar nafaqat savdo-sotiqni rivojlantirish, balki ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📌 Monitoring yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish va savdo markazi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4