35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Elektr ta’minoti masalasi — doimiy nazoratda

Mazkur masala yuzasidan Kengash tomonidan ijro holatini nazorat qilish, ajratilgan mablag‘ va uskunalarning amaliyotga joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shu kabi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, Kengash raisi Shuxratjon Dadaboyev hamda hudud deputati Ulug‘bek Xolmatov ishtirokida Hamdo‘stlik mahallasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punktida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash va modernizatsiya ishlari ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida mahalladagi elektr tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash, tarmoqdagi yuklamalarni kamaytirish hamda aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.
Mas’ullar bilan bajarilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, transformator punktidagi ishlarni belgilangan muddatlarda, texnik talablar asosida va sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Kengash qarorlarining qog‘ozda qolib ketmasligi, ajratilgan mablag‘larning aniq natijaga aylanishi va aholining muammolari amaliy hal etilishi — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
️Elektr ta’minotiga oid masalalar bundan buyon ham joyiga chiqqan holda o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi va belgilangan vazifalar ijrosi Kengash nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 1