35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Deputat 307-maktabdagi to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Mirjamol Mirsaidov Istiqlol mahallasi hududida joylashgan 307-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

❗️Tashrif davomida maktabdagi sport-sog‘lomlashtirish maydonchasi ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, tasviriy san’at to‘garagida bo‘lib, yosh ijodkorlarning ijodiy ishlari, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishildi.

✅Deputat maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot qilib, yoshlarning jismoniy va ma’naviy-estetik kamolotiga xizmat qiladigan to‘garaklar faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar bildirdi.

Slide 1 of 1