35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Q.Igambergenov tomonidan Urganch tumani Qoromon MFY aholisi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

✍Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari asosida ko‘rilgan choralar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil axborot berdi.

📌 Xususan, hisobot davrida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli davlat tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborilgani, ularning bir qismi ijobiy hal etilgani, qolgan masalalar esa nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim topishi yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, hududdagi infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini takomillashtirish hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul idoralar bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

✅ Uchrashuv yakunida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni o‘z vaqtida va qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi. Bildirilgan har bir murojaat deputatlik nazoratiga olinib, ijrosi yuzasidan monitoring olib borilishi ma'lum qilindi.

🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3