35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
"Dolzarb 40 kunlik" doirasidagi ishlar o‘rganildi

🟢Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqoʻrgʻon” mahallasida "mahalla yettiligi" ishtirokida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida mahalla hududida aholi yashash muhitini yanada obod va ozoda saqlash, ichki ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarini chiqindilardan tozalash, ariq va zovurlarni chiqindilar hamda begona o‘tlardan tozalash, daraxt va manzarali butalar ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

🟢Shuningdek, aholi xonadonlari atrofini tartibga keltirish, devor va darvozalarni ta’mirlash, hovli va ko‘cha yoqalarini ozoda saqlash, qurilish hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni sanitariya talablariga muvofiq saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🟢O‘rganish jarayonida mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish hamda aholining bu boradagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi

Slide 1 of 3