35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi savolnoma asosida o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va qonunchilikda belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlarning mazmuni, takroriy murojaatlar holati, ularni keltirib chiqarayotgan sabablar hamda fuqarolar muammolarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul xodimlarning axboroti eshitildi.

🟢Deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlashda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, har bir murojaatni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish, fuqarolarga asoslantirilgan va o‘z vaqtida javob berish, ayniqsa, takroriy murojaatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, o‘tkazilgan monitoring natijasida joriy yilning olti oyida jami 1022 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 384 tasi yozma, 409 tasi og‘zaki va 229 tasi elektron shaklda taqdim etilgan hamda barchasi o‘z muddatlarida hal etilganligi aniqlandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, manzilli o‘rganishlar o‘tkazish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1