35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi

Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan “Chekxitoy” mahalla fuqarolar yig‘inining “Xaziniy” ko‘chasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida ko‘chaning mavjud infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, hudud aholisi bilan muloqot qilindi.

💬 Muloqot jarayonida fuqaro Q.Qosimov tomonidan “Xaziniy” ko‘chasining, ya’ni “Cheksaroy” mahalla fuqarolar yig‘inidan “Chekxitoy” mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismidagi 100 metr yo‘l qismini ta’mirlash zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi.

📌 Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” daftariga qayd etilib, masalani ijobiy hal etish va ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5