Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 20-Sayrak saylov okrugi deputati А.Egamberdiyev tomonidan savolnoma asosida “Ovchi” mahallasi hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarda qonunlar ijrosi hamda tavsiyalar bajarilishi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida 56-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Xodimlar bilan amaldagi qonunchilik talablarining ijrosi, xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi taklif va mulohazalar atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube