35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati Jasurbek Umarov tashabbusi bilan Sardoba tumani Ravot mahallasi, Bobur ko‘chasi 18-uyda yashovchi Xabibullayeva Malika Sharof qiziga xayriya ko‘magi ko‘rsatildi.
Jumladan, tayanch-harakat tizimida muammosi bo‘lgan hamda nogironligi mavjud bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yurak amri” jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hadya-ehsonlar deputat ishtirokida o‘z egasiga yetkazildi.
Mazkur xayrli tadbirning asosiy maqsadi ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ularning hayot sifati va kayfiyatini yaxshilashga hissa qo‘shishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida bola va uning oila a’zolariga ezgu tilaklar bildirilib, kelgusida ham ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2