35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASIDAGI YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi Zarqo‘rg‘on mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan edi.
O‘rganish davomida mahallaga kirish yo‘lida transport vositalari harakati murakkablashayotgani, tirbandliklar yuzaga kelayotgani hamda bu holat piyodalar, ayniqsa, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnovchi bolalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangandi.
Mazkur holat yuzasidan muammoni bartaraf etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish maqsadida Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F. Giyasov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida:
🔤tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida bolalar xavfsizligini ta’minlash;
🔤tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralarni ko‘rish masalalari ko‘tarildi.

Mazkur deputat so‘rovi ijrosi deputat nazoratida bo‘lib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.