35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaro viloyati Kengashi deputati R.Tursunmurodov hamda tuman Kengashi deputati A.Muxammadiyevlar tomonidan hududda barpo etilayotgan 19-maktab binosidagi qurilish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish materiallaridan foydalanish holati hamda obyektning belgilangan muddatlarda topshirilishi bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
Tahlillar davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yana-da jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Xususan, qurilish ishlarining ayrim bosqichlarida sur’atni oshirish, ichki va tashqi hududlarni obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, qurilish sifati ustidan texnik nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, obyektda mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash hamda kelgusida o‘quvchilar uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, qurilish ishlarining borishi muntazam monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 5