35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov hamda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev tomonidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-27-33-9-127-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman mahalliy byudjeti hisobidan shakllangan Sardoba tuman hokimligining “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish holati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.
Xususan, Yangiqishloq mahallasi ichki ko‘chalarida amalga oshirilgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan yaqindan tanishilib, loyihalarning belgilangan talablar asosida bajarilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlar sifati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga qaror ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash, jamoatchilik tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini oshirish, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2