35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
Kengash_faoliyati
#sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masalalar
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot

🏛️ Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Bandixon tumani bo‘limida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

⏺Unda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Pardayev hamda bosh mutaxassis B.Qurbonov ishtirok etdilar.

💬 Nazorat-tahlil tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining Bandixon tumanida ijrosi bo‘yicha 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

▶️Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholi muammolarini tezkor hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

▶️O‘rganishlar davomida tizimdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda mahallalarda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✔️Mahallalarda ochiqlik, hisobdorlik va aholi bilan samarali muloqotni kuchaytirish, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 4