35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI

 “KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan "Ibrohim ota" MFY yettiligi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganishlar olib borishda foydalanish uchun ishlab chiqilgan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyotini joriy etish masalasi haqida ma’lumot berildi.

📋 Mazkur amaliyot orqali hududdagi mavjud muammolarni manzilli va tizimli ravishda qayd etish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish imkoniyati yaratiladi.

🔎 Jumladan, daftar orqali:
🔹 ichki yo‘llarning holati;
🔹 kommunal xizmatlar sifati;
🔹 boshqaruv kompaniyalari faoliyati;
🔹 ijtimoiy obyektlarning holati;
🔹 mahalla “yettiligi” faoliyati;
🔹 fuqarolarning murojaat va takliflari
manzilli qayd etib boriladi.

🤝 Ushbu amaliyot deputatlarning saylovchilar bilan ochiq va muntazam muloqotini kuchaytirish, hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni amaliy hal etishga qaratilgan.

📌 “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” — har bir murojaat va muammoni manzilli o‘rganish, nazoratga olish va natijadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.


⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 3