35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI
янв.21
ISSIQXONA TASHKIL ETISH UCHUN 100 MLN SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
#Deputat_minbari

Kadastrda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi

Saylovchilarimiz kadastr xizmatiga murojaat qilganida ortiqcha qog‘ozbozlik va sarsongarchilikka duch kelishayotganini tez-tez aytishadi.

Masalan, bitta hovlini aka-uka o‘rtasida taqsimlash uchun 4 ta ariza, bitta merosni uch nafar merosxo‘rga rasmiylashtirish uchun esa 6 ta ariza topshirish talab etiladi. Buning ustiga, har bir ariza uchun alohida to‘lov qilinadi.

Yana bir muammo – birgina ariza tuman, viloyat va respublika bosqichlarida 30–50 ta jarayondan o‘tadi. Natijada oddiy masalani hal qilishga o‘rtacha 15–20 kun vaqt sarflanadi.

Prezidentimiz rahbarligida 2026-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan taqdimotda aynan shu muammolar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Bu borada joylarda ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Angren shahrida noqonuniy qurilgan uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish va ularga qonuniylik maqomini berish ishlari davom etmoqda.

Xususan, mening 19-saylov okrugimdagi "Qorabog‘" mahallasida xatlov ishlari yakunlandi. Mahallada 400 dan ortiq xonadon istiqomat qiladi. Xatlov jarayonida ayrim uy-joylarning mulk huquqi hujjatlari rasmiylashtirilмагани aniqlandi. Endi amaldagi tartib asosida ularning huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish va kelgusida turli huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Eng muhimi, endilikda cadastr xizmatida "Bitta ariza – bitta to‘lov" tamoyili joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytiradi, vaqt va mablag‘ini tejaydi, xizmatlarni yanada shaffof va qulay qiladi.

Shuningdek, ko‘chmas mulkka oid xizmatlarning aksariyati onlayn shaklga o‘tkazilishi, qaror qabul qilish vakolatlarining hududlarga berilshi hamda ortiqcha burookratik bosqichlarning qisqartirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu o‘zgarishlar, eng avvalo, xalqimizga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolarning mulkiy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.