35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK NAZORAT BOʻYICHA QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAGʻLARINING MAQSADLI SARFLANISHI OʻRGANILDI
янв.21
Aholi muammolarini mahalliy Kengashlar va “mahalla yettiligi” hamkorlikda o‘rganadi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
KOʻCHAMA-KOʻCHA YURIB AHOLI MUAMMOLARI OʻRGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR VA QURILISH SOHASI MUTAXASSISLARI HAMKORLIGI
янв.21
Bog‘ot tumanida tashabbusli budjet mablag‘lari bo‘yicha masala muhokama qilindi
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 💧 Suv ta’minoti bilan bog‘liq masala joyida o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan “Oltinvoha” mahalla fuqarolar yig‘ini Sharq ko‘chasida joylashgan suv taqsimlash punktidagi muammo yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida mazkur hududdagi suv nasosi nosoz holga kelganligi sababli yuzaga kelgan holat ko‘zdan kechirildi. Masalani joyida o‘rganish jarayonida “Surxondaryosuvta’minoti” AJ Sherobod tuman bo‘limi boshlig‘i K. Eshonqulov ishtirok etdi.

🤝 Mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda muammoni bartaraf etish, aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida davom etmoqda.

Slide 1 of 4